Viloyat hokimligi majlislar zalida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda turli huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish borasida kengash tomonidan olib borilayotgan ishlar, o‘tgan 8 oylik tahlillar muhokama qilindi.

Shuningdek, masʼul idoralarning jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan faoliyati viloyat prokuraturasi tomonidan o‘rganilganligi va bu yo‘nalishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, kriminogen vaziyatni barqaror saqlash, "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyili asosida jinoyatchilik va huquqbuzarlikka qarshi kurashish masalasi barcha tuman (shahar) huquqni muhofaza qiluvchi organlari faoliyati misolida tahlil etildi. Xotin-qizlar va yoshlar ishtirokidagi qonunbuzilishlar, ularning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilish yakuni bo‘yicha kun tartibidagi masala yuzasidan kengash qarori qabul qilindi.

08-09-2023 |
Foto galereya