Xabaringiz bor, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musaev Rossiyaning “LUKOIL” kompaniyasi Vitse-prezidentlari Stepan Gurjiy va Anatoliy Moskalenko hamda “LUKOIL” Uzbekistan Operating Company” masʼuliyati cheklangan jamiyati Bosh direktori Timur Gaynanshin bilan uchrashib, neft-gaz sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni Rossiyaning “LUKOIL” kompaniyasida smenali ish bilan taʼminlash masalalari muhokama qilingan edi.

Shu maqsadda, “LUKOIL” kompaniyasining bir guruh vakillari Qarshi shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga tashrif buyurib, markazdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Tomonlar shu yerda malakali mutaxassislarni yetishtirib, kompaniyaning Rossiyadagi tarmoqlariga ishga olib ketishga kelishib olishdi.

12-10-2023 |
Foto galereya