Qarshi tumanidagi "Omad START" korxonasi hududida "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!" shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yana-da farovonlashishiga, inson qadrini bundanda yuksalishiga xizmat qilishini taʼkidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga daʼvat etdi.

Elimiz sevgan bir guruh sanʼatkorlarning eng sara kuy-qo‘shiqlari vohadoshlarimizga olam-olam quvonch ulashdi.

24-03-2023 |
Foto galereya