Bugun xalq deputatlari Mirishkor tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada deputatlar G‘ulomov Fayzullo Qurbonovichni Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlashdi.

F.G‘ulomov 1974-yilda Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida tug‘ilgan. U Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan.

U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Sessiyada viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etdi.

03-08-2023 |
Foto galereya