Xabar berganimizdek, 7-11 avgust kunlari Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yoshlar turizmi” xalqaro II qurultoyi o‘tkazilmoqda.

Kuni kecha Shahrisabz shahrida joylashgan Oqsaroy majmuasida qurultoyning rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Mazkur MDH yoshlarini bir joyda jamlagan qurultoyni viloyat hokimi Murotjon Azimov tabrik so‘zi bilan ochib berdi

Xalqaro qurultoyda yurtimizning har bir hududidan 50 dan ortiq iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan nogironligi bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi, talaba va yoshlar jalb qilingan. Ular qatorida MDHga aʼzo Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi davlatlarning yoshlari ham bor.

Ma'lumot uchun, qurultoy doirasida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun matbuot anjumani, "Eng yaxshi turizm loyihasi" tanlovlari, "Yosh ekologlar harakati" loyihasi va "Turizm estafetasi" kabi tadbirlar o'tkazilmoqda.

09-08-2023 |
Foto galereya