Bugun yurtimizning, xususan Qashqadaryo viloyatining qay manziliga bormang barcha sohalarda ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Albatta, bu islohotlarning tub zamirida Prezidentimizning "Inson qadrini ulug‘lash"ga qaratilgan tinimsiz mehnatlari va tashabbuslari yotadi.

Birgina, Nishon tumani “Oydin” mahallasida joylashgan ko'p qavatli uylarni qayta ta'mmirlanishi, yangi maktab, zamonaviy jihozlangan oilaviy shifokorlik punkitining ochilishi va ravon yo'llar aholi uchun yanada qulaylik yaratdi. Ularning yashash sharoitlari yaxshilandi.

Mazkur tibbiyot maskani 1,6 mlrd. so‘m davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan zamonaviy qiyofaga keltirilib, endilikda bu yerda 22 nafar hamshira va 5 nafar malakali shifokorlar tomonidan 6035 nafar aholiga zamonaviy UZI apparati, labaratoriya va eng so‘nggi tibbiyot anjomlari bilan taʼminlangan holda yanada sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

- Avvallari loy ko'cha, sovuq uy bizni betob qilsa, sovuq shifoxonaga shifo izlab chopardik, - deydi qishloq ayollari. - Prezidentimizning bugungi adolatli islohotlari mahallamizga kelganidan barchamiz xursandmiz. Uylarimizni tashqi va tom qismlari qayta ta'mirlandi. Eshik va romlarimiz zamonaviysiga almashtirildi. Ayniqsa, mahallamizdagi shifoxonaning sharoitlari biz uchun quvonchli bo'ldi.

Tadbir avvalida jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilindi. Mamlakatimizda doim tinchlik va xotirjamlik bo‘lishi so‘raldi.

Tantanali ochilish marosimlari va bayram dasturlarida viloyat hokimi Murotjon Azimov ham ishtirok etdi. Shuningdek, OAV vakillari uchun press-tur ham tashkil etildi.

05-09-2023 |
Foto galereya