Prezidentimiz qaroriga muvofiq, 2023-yilgi Navro‘z umumxalq bayrami “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!” degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayllari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlanishi belgilandi.

Shu munosabat bilan, viloyatimiz mas’ullari voha ahliga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida xalq sayllarida taniqli xonandalar va xajvchilarning chiqishlari, milliy taomlar, milliy liboslar, taqinchoqlar va boshqa bayramona ko‘rgazmalar, dorbozlar namoyishi hamda milliy o‘yinlar musobaqalarini rejalashtirmoqda.

Tadbirlar reja-grafik asosida 15-mart sanasidan tuman va shaharlarimizda boshlansa, Qarshi shahrida o'tkaziladigan xalq sayllari joriy yilning 19-mart kuni o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

02-03-2023 |
Foto galereya