Zamonaviy ko‘rinishda taʼmirlanib, bugun aholiga sifatli xizmat qilishga shay bo‘lgan markaziy shifoxonaning ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov, nuroniylar, tuman ahli ishtirok etgan bo'lsa OAV vakillari uchun press-tur ham tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi bu yerda bemorlarga aniq tashxis qo‘yish uchun eng so‘nggi rusumdagi rentgen, UZI, EKG uskunalari o‘rnatilgani va malakali mutaxassislarni yetarli ekani xalqimizga yanada yengillik yaratishini taʼkidladi.

Maʼlumot uchun, muassasada 70 o‘rinli tug'ruq kompleksi, 20 o‘rinli kardiologiya bo‘limi, 65 o‘rinli terapiya bo‘limi (Nevralogiya+endokrinalogiya), 45 o‘rinli jarrohlik bo‘limi, 20 o‘rinli 2-jarrohlik bo‘limi, qo‘shimcha binolar, bog‘, suv havzasi va kislorod stansiyalari mavjud.

17-08-2023 |
Foto galereya