21-oktabr - Òzbek tili bayrami kuni.

Xabar berganimizdek, bugun erta tongdan 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar atoqli shoir, O'zbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali poyiga gul qo'yish bilan boshlandi.

Shundan so'ng viloyat musiqali drama teatrida davom etdi. Folklor-etnografik jamoalar, turli millat vakillari tomonidan xalq og'zaki ijodining namunalari ijro etilib, "Bexato yozamiz" tanlovi ham o'tkazildi. Barcha ishtirokchilarga ona tilimizni ulug'lovchi hikmatlar bitilgan qo'llanmalar tarqatildi.

Shuningdek, asosiy adabiy-badiiy dastur avvalida viloyat hokimi Murotjon Azimovning tabrigi viloyat hokimi o'rinbosari tomonidan o'qib eshittirildi. Sahnada esa ona tilimizni tarannum etuvchi qo'shiq va she'rlarning ijro etilgani barcha ishtirokchilarga xushkayfiyat bag'ishladi.

21-10-2023 |
Foto galereya