Joriy yilda viloyatda 137,5 ming gektar maydonda paxta hosili yetishtirilmoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimov katta mehnatlar evaziga yetishtirilgan hosilni nes-nobud qilmasdan terib olish, terim pullarini narxi, hasharchilarga yaratiladigan sharoitlar, paxta tashish traktorlari va tirkamalarni shayligi bo‘yicha qator ishlarni amalga oshirmoqda.

Shu maqsadda, viloyat rahbari huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzolari terim dalalarida bo‘lib, hasharchilarga dalda bo‘lishmoqda.

Mirishkor tumanida bo‘lgan nuroniylarimiz Koson tumani dalalarida ham bo‘lib, milliy boyligimizni yig‘ib-terib olishda xizmat qilayotgan aholi vakillariga viloyat hokimi va Kasaba uyushmalari Federatsiyasi viloyat Kengashining esdalik sovg‘alarini yetkazishdi.

Shuningdek, jamoatchilik kengashi vakillari tuman hokimining otryad rahbarlari, fermerlar va hudud raislari bilan uchrashuvida ham ishtirok etishdi.

16-09-2023 |
Foto galereya