Bugun Qamashi tumani "Guliston" mahallasida tumandagi birinchi un ishlab chiqarish korxonasining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda tuman hokimi Botir Tog‘ayev, sektor rahbarlari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

“Bo‘ritosh aya” fermer xo‘jaligi tomonidan ishga tushirilgan ushbu korxonaning umumiy qiymati 6 milliard so‘mni tashkil qiladi. Korxonaga Turkiyada ishlab chiqarilgan elektr tejamkor texnologiyalar o‘rnatildi. Korxona yiliga 10 ming tonnagacha un va un mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.

Hozirda bu yerda 20 nafar kishi doimiy ish bilan taʼminlangan.

06-07-2023 |
Foto galereya