Har yili o'tkazilishi an'ana tusiga kirgan holda sportning mini-futbol va futbol turlari bo'yicha o'tkaziladigan Davlat xavfsizlik xizmati kubogi musobaqalari mahalla jamoalari uchun o'ziga xos turnirga aylandi.

Xususan, joriy yil ham Qashqadaryoda qizlar va erkaklar o'rtasida bo'lib o'tgan mazkur musobaqalarning viloyat final bosqichi Qarshi shahridagi "Geolog" majmuasida yuqori saviyada tashkil etilib, quyidagi natijalar qayd etildi:

Mini-futbol, erkaklar

1-o'rin Qamashi tumani, "Samarqand" MFY;
2-o'rin Muborak tumani, "Bo'ston" MFY;
3-o'rin Koson tumani, "Mug'jagul" MFY.

Qizlar

1-o'rin Shahrisabz shahar, "Namaton" MFY;
2-o'rin Chiroqchi tumani, "Chiljivut" MFY;
3-o'rin G'uzor tumani, "Amir Temur" MFY.

Futbol, erkaklar

1-o'rin Shahrisabz shahri, "Yangi hayot" MFY;
2-o'rin Kasbi tumani, "Qoratepa" MFY;
3-o'rin G'uzor tumani, "Yonqishloq" MFY.

Final bahslari va taqdirlash jarayonlarida ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas'ullar g'olib-sovrindor jamoalarni samimiy tabriklagan holda qimmatbaho estalik sovg'alarni topshirdi. Shuningdek, musobaqalarni yuqori saviyada tashkil etishda hamkorlik qilgan tashkilotchilar ham e'tirof etilib, 1-o'rinni qo'lga kiritgan jamoalarga musobaqaning respublika bosqichida ham zafarlar tiladi.

Taqdirlash jarayonlari viloyatimiz va poytaxtdan tashrif buyurgan, xususan estradamizning yorqin yulduzlari Shohrux rep va "VIA Marokand" guruhi xonandalari ishtirokidagi konsert dasturiga ulanib ketdi.

31-07-2023 |
Foto galereya