Viloyatimiz delegatsiyasi Germaniyaga amaliy tashrifi doirasida Shtaynbax-Hallen shahrida joylashgan Simson Private Akademie GmbHning o'quv jarayonlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur kompaniyada ayni vaqtda 20 nafardan ortiq o'zbekistonlik yoshlar (3 nafari qashqadaryolik) Ausbildung (dual ta‘lim) dasturi bo'yicha mehnat qilishmoqda.

Kompaniya direktori Max Reumschussel, loyiha kordinatori Shonosir Shorahmedovlar tomonidan delegatsiya a'zolariga shirkat quvvati, afzalliklari, yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.

Muzokaralar davomida ikki tomon o‘rtasida kompaniya o'quv dasturlari va yetuk nemis mutaxassislarini to'g'ridan-to'g'ri viloyatda mavjud bo'lgan kasb-hunar maktablariga bosqichma-bosqich joriy etish borasida kelishuvga erishildi.

19-03-2024 |
Foto galereya