Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda 25-oktabrdan 1-dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” eʼlon qilinib, uning doirasida vohamizda ham 6 mln. 947 ming dona daraxt va buta ko‘chatlari ekilishi rejalashtirilgan edi.

Shu boisdan, bugun Qarshi shahrida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, keng jamoatchilik, jurnalist va blogerlar loyiha doirasida ko‘chat ekish ishlarini boshlab berishdi.

Maʼlumot uchun, viloyatda jami 10 ta - Qashqadaryo, Qamashi, Qumdaryo, Kitob, Shurtan, Dehqonobod, Yakkabog‘, Muborak, Shahrisabz va Jovuz o‘rmon xo‘jaliklari mavjud bo‘lib ularda 11 mln. 232 ming 120 dona ko‘chat zahirasi yetishtirilmoqda.

30-10-2023 |
Foto galereya