Joriy yilning 16-25-iyul kunlari Shveytsariya davlatida 90 ga yaqin davlatlardan 350 ga yaqin o‘quvchilar ishtirokida 55-Xalqaro kimyo olimpiadasi bo'lib o'tdi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari ham ishtirok etib, 2 oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Xalqaro olimpiadalarda uchinchi marta ishtirok etgan Azizbek Nazarov bu safar ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Azizbek Qamashi tumanidagi 9-ixtisoslashgan maktabda tahsil olgan bo'lib, hozirda Toshkent shahridagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashgan maktab o‘quvchisi hisoblanadi.

26-07-2023 |
Foto galereya