Viloyat markazi hisoblangan Qarshi shahridagi amfiteatrda qo'l jangi sport turining R1 yo‘nalishi bo'yicha ilk bor "Amir Temur Kubogi" xalqaro turniri yuqori saviyada bo'lib o'tdi.

Mazkur turnirda viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari ham ishtirok etib, tantanali holda tashkil etilgan turnirni tabrik so'zi bilan ochib berdi.

Xalqaro turnirda 6 ta jang o'tkazilib, unda yurtimiz, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Belorussiya, Tojikiston, Chexiya va Shveytsariya davlatlardan tashrif buyurgan nomdor sportchilar juftlik bahslarida o'zaro jangga kirishdi.

Jarayonlar davomida o'zbek estradasining yorqin yulduzlari Shohruhxon va Nilufar Usmonovalar o'zlarining diltortar navolari bilan barcha tomoshabinlarga yanada ko'tarinkilik ulashgan bo'lsa, viloyat teatri jamoasi tomonidan taqdim etilgan "Amir Temur" monologi barchaga manzur bo'ldi.

Har bir juftlik janglarida ishtirok etgan sportchilarga pul mukofotlari ham topshirildi.

07-05-2024 |
Foto galereya