Barchamizga ma'lumki, 2017-yil 30-iyun sanasi O‘zbekiston yoshlar uchun unutilmas kun bo'lib, aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun, ya'ni 30-iyun sanasini mamlakatimizda "Yoshlar kuni" deb e’lon qilishni ilgari surgan edi.

Shu boisdan, har yili mamlakatimizda iyun oyi yoshlar oyligi sifatida e'lon qilinib, bu davr mobaynida ular ishtirokida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, sport musobaqalari, sayohat va festivallarni o'tkazish an'ana tusiga kirgan, xususan Qashqadaryoda ham.

Kuni kecha viloyat markazida joylashgan amfiteatr maydonida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan katta gala-konsert bayram dasturi bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov dastlab tadbirni Prezidentimizning yurtimiz yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirishdan boshladi.

Shuningdek, 3000 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etgan bayramda davlatimiz madhiyasi yangragan holda "Besh tashabbus olimpiadasi" musobaqalarida g'olib va sovrindor bo'lgan bir guruh yoshlar tashkilotchilarning diplom hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

01-07-2023 |
Foto galereya