Davlatimiz mustaqilligining 30 yilligi tantanalari munosabati bilan voha bo‘ylab, turli sohalar kesimida ko‘rkam va zamonaviy ob’ektlar foydalanishga topshirilmoqda.
 
 
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2021-yil 19-yanvar kuni o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida hududlar markazida namunaviy loyiha asosida ma’naviyat va ma’rifat maskanlarini barpo etish yuzasidan bergan ko‘rsatmalariga asosan, Qarshi shahrida Ma’naviyat maskani qurib bitkazildi.
 
 
Respublikada birinchilardan bo‘lib foydalanishga topshirilgan mazkur Ma’naviyat maskani qisqa fursatlarda zamonaviy qiyofa oldi va barcha qulayliklarga ega ravishda barpo etildi.
 
 
Ikki qavatli binoning birinchi qavatida nuroniylar uchun – dam olish, trenajyor zallari, kutubxona, oshxona va yuvinish xonalari hamda anjumanlar zali joylashgan. Maskanning yuqori qavatida esa Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limlari faoliyat ko‘rsatadi. Rahbar va mutaxassislar xonalari, majlislar zali hamda kutubxona zamonaviy jihozlar, kompyuterlar jamlanmalari bilan jihozlangan.
31-08-2021 |
Foto galereya