Prezidentimizning Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyatning to‘rt faslda ham turistlarni jalb qilish salohiyatiga ega ekanligi taʼkidlandi. Bu borada tog‘li hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda, Bosh Vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov va viloyat hokimi Murotjon Azimov masʼullar ishtirokida Qamashi tumani Katta O‘ra mahallasida bo‘ldi.

Mahalla hududida Maydanak observatoriyasi joylashgan. Shuningdek, hududning Zarafshon archalariga boyligi turistlarni o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Shularni hisobga olgan holda turistik ahamiyatdagi obyektlar qurish, zamonaviy muhandislik infratuzilma obyektlarni tashkil qilish bo‘yicha loyiha takliflari ishlab chiqilgan.

Bugun ana shunday obyektlarning birida ramziy qurilish ishlari boshlandi.

Maʼlumot o‘rnida, Katta O‘ra mahallasida jami 58,6 gektar maydonda turistik zona tashkil qilish rejalashtirilgan.

27-10-2023 |
Foto galereya