O‘zbekistonlik xalqaro grossmeysterlar safi yana bittaga ko‘paydi. Toshkentda davom etayotgan Georgiy Aʼzamov xotira turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Abdumalik Abdusalimov reyting balini 2500 dan oshirib, xalqaro grossmeyster talabini bajardi.

Aql gimnastikasida ko‘plab yutuqlarga erishgan Abdumalik Abdusalimov - 2002-yil 3-mart kuni Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. Hozirgi kunda Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida tahsil oladi.

“FIDE” ustasi (FM, 2015), Xalqaro toifadagi sport ustasi (IM, 2019) va 2018 yil "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti sohibi bo‘lgan Abdumalikning birinchi murabbiyi Abdurahmon Nodirjonovdir.

12-04-2023 |
Foto galereya