Rustamov Olimxon Bakiyevich - viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

U 1966-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent xalq xo‘jaligi instituti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

05-10-2023 |
Foto galereya