Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida hozirgi kunda respublikamiz bo'ylab 3200 nafardan ortiq talaba-yoshlar tahsil olishmoqda. Mazkur oliygohda har bir tadbirni o‘ziga xos o‘tkazish ana’anasi bo'lib, joriy yilda tashkil etilgan Navro‘z bayramiga tashrif buyurganlar bir vaqtning o'zida O'zbekiston bo‘ylab sayohat qilish imkoniga ega bo‘lishdi.

Sababi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelib tahsil olayotgan talaba-yoshlar o‘z hududining qadriyati, urf-odat va rasm-rusumlarini namoyish etish orqali o‘zaro bellashdilar. Ular tomonidan lapar, o‘lan, ashula, terma va aytishuvlar maroq bilan kuylandi.

- Bu yoshlarni birlashtiradi, keng ma’lumot olish va odamlarimizning yashash tarzi haqidagi qarashlarini kengaytiradi, - deydi tadbirda ishtirok etgan viloyat hokimi Murotjon Azimov.

25-03-2023 |
Foto galereya