Viloyat hokimi Murotjon Azimov qishloq xo‘jaligidagi islohotlarning izchilligini taʼminlash, oziq-ovqat xavfsizligi va tizimda olib borilayotgan ishlar samaradorligini ko‘zdan kechirish maqsadida Qarshi tumani dalalarida bo‘ldi.

So‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi, suv resurslarining tanqisligi, yerlarning meliorativ holati buzilishi kabi muammolar yaqqol yuzaga chiqmoqda. Bunday vaziyatlarda Prezidentimiz tomonlaridan sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etilishi, klaster tizimi, zamonaviy issiqxona xo‘jaliklarini yaratish, tomorqa xo‘jaligi amaliyotini kengaytirish aholining turmush darajasini sezilarli yaxshilash imkonini bermoqda.

Tumanda paxta va g‘allachilik, bog‘dorchilik, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishlari bosqichma-bosqich tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimiga o‘tib borayotgani bozorlarimiz to‘kin-sochinligiga katta xizmat qilmoqda.

Viloyat rahbari sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, tuman masʼullariga o‘zining tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarini berdi.

12-07-2023 |
Foto galereya