Maʼlumki, Prezidentimizning tegishli qaroriga binoan yurtimiz tez tibbiy yordam xizmati uchun yangi va zamonaviy rusumdagi tez tibbiy yordam avtomashinalarini xarid qilish belgilangan edi.

Ana shunday avtomashinalardan yana 39 tasi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tez tibbiy yordam shoxobchalari vakillariga tantanali ravishda topshirildi.

Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, tez tibbiy yordam xizmatiga topshirilayotgan ushbu avtotransport vositalari tizim faoliyatini yanada rivojlantirish, bu orqali aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini berishini qayd etdi.

Mazkur zamonaviy avtomashinalar orqali ushbu xizmatning avtotransport parkidagi eski “Damas” avtomashinalari bosqichma-bosqich almashtiriladi.

Aytish mumkinki, eng so‘nggi va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan ushbu avtotransport vositalari xalqaro talablarga to‘la mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarning qulay joylashishi imkonini beradi.

01-11-2023 |
Foto galereya