Jamoat transporti aholining uzog‘ini yaqin qilib, xarajati va vaqtini tejaydigan muhim ijtimoiy xizmat turidir. Uning aholiga xizmat qilishidan tashqari tirbandliklarni oldini olish va ekologiyaga ham ancha foydasi bor.

Bosqichma-bosqich vohamizga olib kelinayotgan avtobuslarning navbatdagi 30 donasi bugundan faoliyatini boshladi. Ularning ichida 4 dona turistik avtobuslar ham mavjud bo‘lib, ichki turizmni rivojlantirishga, nuroniylar va yoshlarni sayohatlarini tashkil etishga xizmat qiladi.

Start berish jarayonlarida viloyat hokimi Murotjon Azimov, Qarshi shahri va tumani hokimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Maʼlumot uchun, Prezidentimiz eʼtiboriga tushgan avtobuslar 2023-yil noyabr oyidan xalqimizga xizmat qilishni boshlagan edi.

23-02-2024 |
Foto galereya