Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yil yanvar-may oylarida viloyatimiz korxonalari tomonidan 11 trillion 381 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, o‘tgan yilning tegishli davriga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi 106,5 foizni tashkil etgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining rasmiy saytida qayd etilishicha, Qashqadaryo 2023-yilning dastlabki besh oyi yakunlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarishining fizik hajmi indeksi eng yuqori darajaga ko‘tarilgan hududlar (Jizzax (106,7 foiz) va Sirdaryo (106,5 foiz) viloyatlari bilan birga) qatoridan joy olgan. Taqqos uchun – respublika miqyosida xuddi shu davrda mazkur ko‘rsatkich 105,7 foizga teng bo‘lgan.

22-06-2023 |
Foto galereya