Viloyat hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi rahbari Murotjon Azimov mavsum oldidan "Nasaf" jamoasi va muxlislari bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida erishilgan yutuqlar ha yangi mavsumda jamoa oldiga qo'yilgan maqsadlar haqida ma'lumot berildi.

“Nasaf”ning o‘tgan yilgi yutuqlari haqida to‘xtalar ekanmiz jamoaning O‘zbekiston Kubogidagi zafarli odimi, Superliga bahslarida o‘n birinchi marta bronza medali sohibi bo‘lganligi barchamizga xursandchilik baxsh etdi. Bundan tashqari Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichidagi muvaffaqiyati ham tahsinga loyiq.

Uchrashuv davomida jamoaga kelib qo'shilgan yangi fubolchilar ham tanishtirildi.

Ma'lumot uchun, jamoa tarkibiga Javohir Siddiqov, Muhammadjon Rahimov, Shuhrat Muhammadiyev va Aziz Amonovlar yangidan kelib qoʻshilgan futbolchilar bo'lib, "Nasaf" joriy mavsumdagi ilk o'yinini, ya'ni Superliganing 1-turida Andijonning “Andijon” jamoasini qabul qiladi va bellashuv 4-mart kuni 16:30 da "Markaziy" o'yingohda boshlanadi.

01-03-2023 |
Foto galereya