Viloyat hokimligi majlislar zalida Murotjon Azimov rahbarligida 9 oylik byudjet tushumlari ijrosi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va boshqa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy masalalar tanqidiy muhokama qilindi.

Yig‘ilishda viloyat rahbari taʼkidlashicha, oktyabr oyi mol-mulk va yer solig‘ini to‘lash mavsumi hisoblansada, ammo, belgilangan topshiriq ijrosi 27-oktabr holatida 39 mlrd. so‘mga yoki 39 foizga taʼminlanmoqda. Bu jarayonda mahalla faollari va aholining ham masʼuliyatini oshirish kerakligi muhim jarayon ekani taʼkidlandi.

Shuningdek, korxona va tashkilotlarda ishlayotgan xodimlarning yer va mol-mulk soliqlari uchun joriy yilda hisoblangan 19 mlrd. so‘m soliqlarini undirish bo‘yicha berilgan topshiriq ijrosi 3,2 mlrd. so‘mga yoki 17 foizga bajarilgan. Bu masalaga ham korxona va tashkilotlar rahbarlari eʼtiborsizlik bilan qarab kelmoqda. Jumladan, Qashqadaryo maktab va maktabgacha taʼlim boshqarmasi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarni 6 mlrd. so‘mlik, Sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha 2 mlrd. so‘mlik soliqlari undirilmasdan qolmoqda.

Yig‘ilishda barcha masalalar muhokama qilinib, tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan masʼullarga muddat belgilanib, yakunda qaror qabul qilinishi belgilandi.

28-10-2023 |
Foto galereya