Bugun Qarshi shahrida joylashgan viloyat musiqali drama teatri binosida Qashqadaryo viloyatida bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi saylovi bo‘yicha Xalq deputatlari viloyat hamda tuman va shahar Kengashlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
 
Qo‘shma majlis kun tartibiga asosan bitta masala, ya’ni – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga viloyatimizdan bo‘shab qolgan o‘rin uchun Senat a’zosini saylash to‘g‘risidagi masala kiritilib, majlisda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ham ishtirok etdi. 
 
Shunga muvofiq, Senat a’zosi saylovi o‘tkazilgan holda, jarayonlar barcha demokratik talablar asosida har bir ishtirokchining o‘z xohish irodasini erkin ifoda etishi uchun qurilgan kabinalar orqali yashirin ovoz berilib, byulletenlar saylov qutisiga tashlandi.
 
Sanoq komissiyasi belgilangan tartibda nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqib, natijalarni e’lon qildi. Saylov natijalariga ko‘ra, viloyat hokimi Murotjon Azimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga saylandi.
22-07-2022 |
Foto galereya