Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Mahalla tizimi xodimlari kuni" munosabati bilan bir guruh soha vakillarini taqdirladi. Shuningdek, mahalla fidoyilarining bir guruhi "Mahalla iftixori" ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

Shu boisdan, kuni kecha viloyat hokimligida tashkil etilgan davlat mukofotlari va ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish tadbiridan so‘ng Murotjon Azimov mahalla tizimidagi xodimlar bilan muloqot qilib, bugungi kunda sohani rivoji uchun Prezidentimiz tomonlaridan yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlarni eʼtirof etdi.

Murotjon Azimovni taʼkidlashicha, viloyatimizda 814 ta mahalla fuqarolar yig‘ini mavjud. 2022-yilda 148 ta mahalla yangi binolarda ish boshladi. Joriy yil Navro‘z umumxalq bayrami arafasida 45 ta yangi mahalla binosi va nuroniylar maskanlari foydalanishga topshirildi. Koson tumanining o‘zida 30 ta bino qurib, foydalanishga topshirilgani mahalla ahlini ham xushnud etdi. Shuningdek, Ko‘kdala, Mirishkor va Muborak tumanlari to‘liq mahalla binolari bilan taʼminlandi.

Ma'lumot uchun, prezident farmoni bilan qashqadaryolik qator Mahalla xodimlari ham davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Jumladan:

1. “Do‘stlik” ordeni bilan - Odirov Nurillo Ziyadullayevich, Koson tumanidagi “Esaboy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi;

2. II darajali “Salomatlik” ordeni bilan - Boboqulova Xolbeka Normuradovna, Chiroqchi tumanidagi “O‘zbekiston” oilaviy shifokorlik punkti patronaj hamshirasi;

3. "Sog‘lom turmush" medali bilan - Kulmirzayeva Melixol Uzakovna, Qarshi tumanidagi “Tallikuron” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli.

 

23-03-2023 |
Foto galereya