So‘nggi yillarda Prezidentimiz tomonidan pilla yetishtirish va ipakchilik sohasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilib, bu borada salmoqli natijalarga erishilmoqda. Xususan, Qashqadaryo viloyatida ham.

Shu boisdan, viloyat hokimi Murotjon Azimov, soha masʼullari va ko‘p yillar davomida o‘zining mashaqqatli mehnati bilan pilla qurtini parvarishlashda faollik ko‘rsatib kelayotgan vohamizdagi kasanachi xotin-qizlar va fermer xo‘jaliklari ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Seminar tarzida o‘tkazilgan tadbirda pillachilikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalari yuzasidan soha rahbarlarining maʼlumotlari eshitilib, ipak qurtini parvarishlashda mehnat qilayotgan pillachilarning muammo va takliflari o‘rganildi.

Shuningdek, muloqot so‘ngida ularning mehnatlari eʼtirof etilib, estalik sovg‘alari topshirildi va dasturxon yozildi.

Maʼlumot uchun, o‘tgan yili Qashqadaryoda 11200 nafar kasanachilar va 9800 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 42200 quti pilla parvarishlanib, 2452 tonna pilla xom ashyosi yetishtirilgan. Joriy yilda esa bu ko‘rsatgichni 2622 tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

24-02-2024 |
Foto galereya