Xabaringiz bor, 30-iyunda Prezidentimiz tashabbuslari bilan yurtimizda "Yoshlar kuni" keng nishonlanib kelinadi. Shu oyda "Yoshlar oyligi" eʼlon qilinib, turli uchrashuv, muloqot, musobaqa va tanlovlar hamda gala-konsert dasturlari tashkil etiladi.

Shu maqsadda, kuni kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahrida joylashgan "Yoshlar markazi"da Qashqadaryoning turli hududlarida faoliyat yurutuvchi yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning muammolarini va sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflarini tingladi.

100 nafardan ortiq yosh tadbirkorlar ishtirok etgan muloqotda bir qator muammolar o‘rtaga tashlanib, ularga yechim izlandi. Ko‘plab taklif va tashabbuslar qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ham kelishib olindi.

01-07-2023 |
Foto galereya