Bugun erta tongdan viloyat hokimi Murotjon Azimov masʼullar ishtirokida shahar bo‘ylab aylanib, hududda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Shuningdek, yo‘llar va yo‘laklarga quyosh panelli tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatilishi bo‘yicha ham olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi.

Qarshi shahrida bunyod etilayotgan “Ona va bola tibbiyot klasteri” binosi qurilishini ham ko‘zdan kechirib, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, "Eng avvalo, aholiga qulay va sifatli bo‘lishi kerak!" tamoyili asosida qilinishi kerak bo‘ladigan ishlar bo‘yicha muhokamalar olib bordi.

Zamonaviy ko‘rinishda bunyod etilayotgan ushbu tibbiyot klasteri tez kunlarda "Tibbiyot shaharchasi"ga aylanadi. Bir joyning o‘zida barcha tibbiy xizmatlar jamlanib, ayolning homiladorligi aniqlanganidan to chaqaloq dunyoga kelguniga qadar barcha xizmatlar ko‘rsatilib, ona va bola salomatligi to‘liq tiklanib, uyiga javob berish tizimi yaratiladi. Barcha tahlillar raqamlashtirilib, elektron hujjatlar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, kirish qismida avtoturargoh, bog‘ va o‘rindiqlar, kutish zallari, mehmonxona, oshxona va boshqa xizmat ko‘rsatish turlari joy oladi.

14-06-2023 |
Foto galereya