Barcha sohalarda bo‘lgani kabi yurtimiz fuqarolarining “Umra” va “Haj” safarlarini ado etishlari uchun davlatimiz rahbarining olib borayotgan islohotlari tufayli bugun ziyoratchilarimiz uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda.

Ayni kunlarda qashqadaryolik nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ham mazkur barcha qulay sharoitlarni o‘zlarida his etgan holda “Haj” amallarini ado etib, yurtimizga qaytib kelishmoqda.

Erta tongdan Qarshi xalqaro aeroportida bir guruh hojilarimiz kutib olindi. Kechki payt ham kutib olish tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Maʼlumot uchun, viloyatimizdan 792 nafar ziyoratchilar joriy mavsum “Haj” safarini ado etib qaytishadi.

18-07-2023 |
Foto galereya