Tun yarmigacha davom etgan sayyor qabul

Viloyat hokimi Murotjon Azimov, viloyat sektor rahbarlari, Qarshi shahri va tumani hokimliklari hamda tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, moddiy yordam, kommunal xizmat, bank xizmatlari, sog‘liqni saqlash, bandlik, yer ajratish, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 600 nafardan ziyod fuqarolarning 1000ga yaqin murojaatlari tun yarmigacha tinglandi.

Qabul davomida barcha murojaatlar tegishlicha o‘rganildi, ko‘pchiligiga shu joyning o‘zida yechim topildi va vaqt talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlar yordamida ularning ijrosini taʼminlashga qratildi.

07-08-2023 |
Foto galereya