Maʼlumki, so‘nggi yillarda mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonidan barcha sohalar singari turizmga ham alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bu bo‘yicha bir qator qaror va farmonlar imzolanib, shu asosida joylarda katta-katta loyihalar ishga tushirilmoqda.

Viloyatimizda ham bu borada amaliy harakatlar davom etmoqda. Xususan, joriy yilning 17-may kuni viloyat hokimi Murotjon Azimov va Xitoy Xalq Respublikasining “China CAMC Engineering Co.,LTD” kompaniyasi Bosh direktori boshchiligidagi delegatsiya ishtirokida videokonferensaloqa formatida uchrashuv o‘tkazilgan edi va unda Kitob tumani “Qaynar” turizm mahallasida Xitoy tajribasi asosida yiliga 200 ming mahalliy va xorijiy sayyohlarga xizmat ko‘rsatadigan zamonaviy turistik kompleks qurish loyihasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Joriy yilning 27-may kuni Respublikamizga kelgan kompaniya vakillarini viloyat hokimi qabul qilib, Kitobda tashkil etilayotgan turistik hududda loyihalarni amalga oshirishda zarur bo‘ladigan masalalarni kelishib olishdi.

31-05-2023 |
Foto galereya