Jamiyatda doim o‘zining dolzarbligini yo‘qotmaydigan, hamisha e’tiborni talab qiladigan, ozgina loqaydlik tufayli tizginini yo‘qotib qo‘yish mumkin bo‘lgan masalalardan biri - bu oila va xotin-qizlar masalasidir.

Viloyatning 3 560 633 nafar aholisining 49,4 foizini (1 758 185 nafar) xotin-qizlar tashkil etadi. Davlat boshqaruvida xotin-qizlar ishtirokini oshirish maqsadida 1 ming 553 nafar faol xotin-qizlar zahiraga olingan.

Viloyat hokimi Murotjon Azimovning ta’kidlashicha, 2023-yil davomida 76 ming 876 nafar xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi. Jumladan, jami 15 394 nafar, shundan 3 771 nafari “Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari” tomonidan 10 ta yo‘nalish bo‘yicha, 11 623 nafari viloyat bandlik boshqarmasi tasarrufidagi va boshqa kasb-hunarga o‘qitish markazlari tomonidan 14 ta yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitildi.

Muhtaram Prezidentimiz davlat rahbari bo‘lib ish boshlagan birinchi kunlardanoq, bu masalani davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifa deb belgilab berdilar.

Hattoki, dunyo miqyosidagi nufuzli anjumanlarda ham xalqaro hamjamiyat e’tiborini oilaga, xotin-qizlar, yoshlar tarbiyasiga qaratadilar. Chunki, jamiyatning hech bir muammosini, hatto Uchinchi Renessans poydevorini qurish vazifasini ham xotin-qizlar ishtirokisiz hal qilish mushkul. - dedi viloyat rahbari.

Shuningdek, o‘tkazilgan yig‘ilishda hududlarda ayollar bandligi bo‘yicha ishlar yetarlicha tashkil etilmayotganligi tanqid qilinib, mas’ullarga “Sog‘lom oila — sog‘lom jamiyat” tamoyillarini targ‘ib qilish, xususan yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi va erta nikohning oldini olish, reproduktiv salomatlikni yaxshilash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish bo‘yicha maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklandi.

03-02-2024 |
Foto galereya