Xabaringiz bor, Prezidentimiz tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib eʼtirof etib borish kerakligini taʼkidlagan edilar.

Qashqadaryolik tadbirkor Ro‘ziyev Nuriddin Qo‘ziyevich ham ana shunday fidoyi va mehnatkash ishbilarmonlardan. Bugungi kunda tadbirkorning korxonalarida 200 nafardan ziyod aholi ish bilan taʼminlanib, ularning farovonligiga erishilgan. Bunyodkorlik sohasida olib borayotgan ishlari ham bugun tahsinga loyiq.

Bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov tadbirkorni qabul qilib, kelajakdagi rejalari, yangi loyiha va tashabbuslari bilan qiziqdi. O‘zaro fikr almashib, faol tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini taʼkidladi.

Uchrashuv so‘ngida 60 yoshni qarshi olgan tadbirkorga "Viloyat hokimining faxriy yorlig‘i" topshirildi.

Avvalroq ham viloyat hokimi tadbirkorlar - Iskandar Quvvatov, Nurmamat Umarov va Nurbek Ergashevlarni tabriklagan edi.

27-01-2024 |
Foto galereya