Viloyat sektor rahbarlari tuman hokimi Lutfiddin Abdullayevni hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi taqdimotida ishtirok etishdi.

Taʼkidlanishicha, 1926-yilda tashkil topgan tumanda bugun 300 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Taʼlim muassasalari 534 ta, MFYlar 62 ta va tibbiyot muassasalari 55 tani tashkil etadi.

Tuman hokimi o‘z taqdimotida aholi shart-sharoitlari va ularning bandligini taʼminlash maqsadida xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik, investitsiya loyihalari, transport, qurilishi, kommunal hamda qishloq xo‘jaligi sohasiga doir ko‘plab rejalarini taqdim etdi.

Shuningdek, o‘ziga xos tog‘li tabiati bilan ajralib turadigan tumanda turizmni rivojlantirish uchun zamonaviy olish maskanlarni barpo etish ham hudud uchun katta daromad olib kelishi taʼkidlandi.

Taqdimotdan so‘ng, viloyat hokimi shu yerning o‘zida yakkabog‘lik tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning muammo va takliflarini tingladi.

20-02-2024 |
Foto galereya