Korxona majlislar zalida Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, “O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi Bahodirjon Siddiqov va viloyat hokimi Murotjon Azimovlar ishtirokida tayinlovga va qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga doir yig‘ilish o‘tkazildi.

Zavod mintaqamizda neft-gaz-kimyo sohasidagi eng yirik korxona bo‘lib, unda yiliga 3,6 mlrd. metr kub tabiiy gaz qayta ishlanib, 1,5 mln tonna tayyor suyuq sintetik yoqilg‘idan 724,6 ming tonna dizel, 437,3 ming tonna nafta, 307,3 ming tonna aviakerosin va 53,4 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqariladi. Muhimi zavodda 1 ming 100 ga yaqin mutaxassis doimiy ish o‘rniga ega.

Korxona mahsulotlari jahonning yuqori ekologik talablari darajasida bo‘lib, unda sintetik yoqilg‘i anʼanaviy yoqilg‘ilarga nisbatan 40 foiz kam chiqindi va zararli gaz hosil qiladi. Natijada yiliga 13 ming 500 tonna zararli gazlarning havoga tarqalishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Maʼlumot uchun, MCHJ direktori lavozimiga Bahodirov Alisher Shukuraliyevich tayinlandi.

03-07-2023 |
Foto galereya