Barcha sohalarda bo'lgani kabi yurtimiz fuqarolarining "Umra" va "Haj" safarlarini ado etishlari uchun davlat rahbarining olib borayotgan islohotlari tufayli bugun ziyoratchilarimiz uchun keng imkoniyat va qulayliklar yaratilmoqda.

Ayni kunlarda qashqadaryolik nuroniy otaxon va onaxonlarimiz ham mazkur barcha qulay sharoitlarni o'zlarida his etgan holda "Haj - 2023" mavsumi doirasida Qarshi xalqaro aeroportidan mas'ullar ishtirokida Saudiya Arabistoniga kuzatib yuborildi.

Ma'lumot uchun, viloyatimizning 792 nafar ziyoratchilari joriy mavsum "Haj" safarini ado etib qaytishadi.

15-06-2023 |
Foto galereya