Murotjon Azimov navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi

Bugungi kunda mamlakatimizda barcha sohalarda ulkan islohotlar jadal surʼatlar bilan amalga oshirib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad esa bitta. Xalqimiz uchun qulay turmush sharoitini yaratishdir. Zero, Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”.

Shu maqsadda, viloyat hokimi Murotjon Azimov sektorlar va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida bugun Shahrisabz shahrida sayyor qabul o‘tkazdi.

- Bugun Davlatimiz rahbari har bir yig‘ilish va uchrashuvlarida xalqni rozi qilish, inson qadrini ulug‘lashga, yaxshi yashashlari va yoshlarimizni taʼlimi uchun sharoit yaratishga qaratmoqdalar, - dedi viloyat hokimi. - Biz masʼullar ushbu topshiriqlar ijrosini yuqori darajada uddalashga, sizlarni har bir asosli muammolaringizni qonuniy yechishga va ortiqcha sansolarliklarni oldini olish maqsadida o‘zimiz yonlaringizga keldik.

Sayyor qabulda Shahrisabz shahri, Chiroqchi, Kitob, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari aholisining 300 dan ortiq murojaatlari tinglandi. Shuningdek, boshqa tumanlardan kelgan fuqarolarning ham murojaatlari ijrosi tegishliligi bo‘yicha viloyat hokimi o‘rinbosarlari zimmasiga yuklatildi.

13-04-2023 |
Foto galereya