Deputatlar, masʼul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 70-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir muhim masalalar o‘rtaga tashlanib, qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, Qashqadaryo viloyatida 2024-yilda kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilash masalalarida viloyat hokimi birinchi o‘rinbosarining, 2023-yilda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhoafaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat prokurorining va viloyat Adliya boshqarmasi tomonidan norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati hamda huquqiy targ‘ibot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida masʼullarning hisobotlari tinglandi.

Sessiyada Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov ham ishtirok etdi.

Barcha qarorlar “e-qaror.gov.uz” saytida eʼlon qilib borilmoqda.

08-02-2024 |
Foto galereya