Deputatlar, masʼul rahbarlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida viloyat kengashining navbatdagi 71-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda vohamizning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga doir muhim masalalar o‘rtaga tashlanib, tanqidiy ruhda muhokama qilindi va qarorlar qabul qilindi.

Jumladan, hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish, aholi punktlarida bino va inshootlarni qurish, ishlab chiqarish va infrastruktura obyektlarini joylashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari M.Azizovning hisoboti ancha tanqidiy va savol-javob tarzida o‘tkazildi. Bu borada Kengash raisi Murotjon Azimov ham qurilish sohasi masʼullariga aholi murojaatlari va deputatlarning eʼtirozlarini jiddiy qabul qilgan holda ishni tashkil etish kerakligini taʼkidladi.

Shuningdek, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida O.Poyanovning, viloyatda 2023-yilda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida viloyat maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig‘i U.Oripovning va viloyatda 2023-yilda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2024-yildagi vazifalar to‘g‘risida viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i V.Ro‘ziyevlarning axboroti tinglandi.

Barcha qarorlar “e-qaror.gov.uz” saytida eʼlon qilib borilmoqda.

21-02-2024 |
Foto galereya