Yurtimizda davlatimiz rahbari boshchiligida olib borilayotgan keng islohotlar tufayli xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni yanada kuchaytirish va hududlarning investitsion jozibadorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xususan, Qashqadaryoda ham.

Ayni shu bois xabar berganimizdek, Xitoyning Anxoy provinsiyasi delegatsiyasi vohamizda bo‘lib turibdi. Mehmonlar kecha Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida bo‘lib, bir qator tadbirkorlik subyektlari va hududlarning investitsion salohiyati taqdimotlarida ishtirok etdi.

Jumladan, Ko‘kdaladagi Italiyaning ayollar va erkaklar ichki kiyimlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniyalaridan biri – “Cotonella” tikuvchilik korxonasi bo‘lib, u yerda xorijdan kelgan mutaxassislar va mahalliy ishchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, delegatsiya Chiroqchi tumanida “OMAF” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan ichimlik suvini qadoqlash jarayonlari bilan tanishgan holda o‘z qiziqishlarini bildirdi.

Shundan so‘ng har ikkala tuman hokimliklari masʼullari xitoylik tadbirkorlarga hududlarning iqtisodiy va investitsion salohiyati haqida batafsil maʼlumot bergan holda hamkorlikda yangi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha taqdimot qilishdi.

20-10-2023 |
Foto galereya