Bugungi kunda davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan har bir hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, hududning o‘sish nuqtalarini aniqlab, shu yo‘nalishda ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan. Bu esa, ichki va tashqi hamkorlikni, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va yirik kompaniyalar bilan kelishuvlarni mustahkamlashni talab qiladi.

Shu maqsadda, Xitoy davlatida bo‘lib turgan Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi Anxoy viloyatining maʼmuriy markazi Xefey shahrida xitoylik va qashqadaryolik tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkazdi.

Forumda bir qator qo‘shma kelishuvlar, yangi-yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilish memorandumlari, tadbirkorlarimizni xitoylik tadbirkorlar bilan kelishuv shartnomalari imzolandi.

Shuningdek, viloyatimiz delegatsiyasi tashrifi doirasida Anxoy provinsiyasining Uxu shahridagi "Konch Group" korporatsiyasi bilan sement ishlab chiqarishda atmosferaga chiqariladigan karbon dioksid kukunini qayta ishlash orqali ekomineral o‘g‘it olish loyihasi bilan ham tanishdi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.

21-07-2023 |
Foto galereya