Bugungi kunda, yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishga muhtaram yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Bu esa o‘z navbatida, Mustaqil O‘zbekistonimizning dunyo mamlakatlari ichida yana-da nufuzini oshirishga hamda davlatning ravnaq topib rivojlanishiga muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xususan bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.04.2023-yildagi 135-sonli “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yana-da oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida ham ushbu yo‘nalishni rivojlantirish yuzasidan, tegishli mutasaddilarga, qarorning mazmun-mohiyati va undagi bir qator imkoniyat hamda imtiyozlarni fuqarolarimizga yetkazilishi yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berilgan edi.

Mazkur Qarorning ijrosini taʼminlash yuzasidan bugungi kunda, Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan, viloyatimizga tashrif buyurayotgan chet el va mahalliy turistlarning viloyatning turistik hududlarida maroqli dam olishlari, milliy boyligimiz bo‘lgan qadimiy tariximizni o‘rganish, madaniyatimiz va bizning urf odatlarimiz bilan yaqindan tanishishlari yuzasidan, ularning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash borasida, bir qator tashkiliy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, chet el turistlari va mahalliy sayyohlarning qiziqtirgan savollariga va biror-bir yumushlariga yaqindan yordam berish yuzasidan, boshqarma navbatchilik qismida integerallashgan “E-mehmon” elektron dasturidan foydalangan holda hamda zamonaviy texnikalar yordamida, xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

Birgina o‘tgan 2023-yil davomida, Qashqadaryo viloyatiga 106 ta xorijiy davlatlardan 225 233 nafar chet el turistlari tashrif buyurgan bo‘lib, shundan 10 ta xorijiy davlatlardan kelgan delegatsiyaning 114 nafar vakillarini kutib olish, ularning xavfsizligini taʼminlash va kuzatish ishlari tashkil etilib, ushbu xizmat vazifalarni amalga oshirish mobaynida, xodimlar tomonidan biror-bir ko‘ngilsiz holatlarga yo‘l qo‘yilmagan.

Xodimlarning sifatli xizmat olib borishlari yuzasidan chuqur o‘ylab chiqilgan “Yo‘l haritasi”, xizmat vazifalar va yaratilgan bu kabi shart-sharoitlar ularning kelgusida, Yurtimizga tashrif buyurayotgan chet el turistlarining xavfsiz sayohat qilishlarini taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni 
taʼminlash Tashkiliy muvofiqlashtirish bo‘limi
Navbatchilik qismi katta inspektor 
navbatchisi podpolkovnik M.M.Madiyev

18-01-2024 |
Foto galereya