Jumladan, viloyat hokimligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va mutasaddi tashkilotlar bilan imzolangan qo‘shma qarorga asosan, hamkorlikda davlat fuqarolik xizmatidagi xodimlarning yangi konstitutsiyaviy talablarga rioya etish borasidagi bilim va malakasini oshirish maqsadida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarni kirish so‘zi bilan ochib bergan viloyat hokimi o‘rinbosari Komila Karamova yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan normalarning ijrosini taʼminlash barcha sohalarda “Inson qadri”ning tom maʼnoda yuksalishiga xizmat qilishini alohida ta'kidlab o'tdi.

Shuningdek, Toshkent davlat yuridik universiteti professori Olim Narzullayev tomonidan Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani so‘zsiz va to‘liq amalga oshirishda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifalari to'g'risida ham batafsil ma'lumotlar berildi.

Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan seminarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyati filiali va Adliya boshqarmasi mas'ullari, ishtirokchilar tomonidan yangi tahrirdagi konstitutsiyaga oid yo'llangan savollarga javob berishgan holda o'z taqdimotlari orqali yanada chuqurroq tushuntirishlar berdi.

14-09-2023 |
Foto galereya