Yangiliklar
Qarshidan Istanbulga to'g'ridan-to'g'ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi
14
06

Qarshidan Istanbulga to'g'ridan-to'g'ri aviareyslar yo‘lga qo‘yildi

"Sharq Qanot" aviakompaniyasi joriy yilning 13-iyunidan Qarshi shahridan Istanbul shahriga yo‘lovchi reyslarni amalga oshirishni boshladi. Bu reysning ochilishi nafaqat turizm sohasida, balki savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega. Yangi reyslar Qarshi va Istanbul shaharlari o‘rtasidagi sayohatni ancha qulaylashtiradi. Shu bois, Turkiyaning Istanbul shahridan uchgan samolyot Qarshi shahridagi xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi. Aytish o‘rinliki, mazkur reys Qarshi aeroportidan MDH mamlakatlaridan boshqa xorijiy davlatlarga amalga oshiri...

  • Turizm
  • 530
  • 14.06.2024
Batafsil
Murotjon Azimov
13
06

Murotjon Azimov "Talimarjon IES"da bo'ldi

Viloyat hokimi Murotjon Azimov Nishon tumanidagi o'rganishlari davomida "Talimarjon IES" AJda bunyod etilayotgan umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikki dona bug‘-gaz qurilmalarining qurilish jarayonlari va bu bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida erishiladigan energo samaradorlik bo‘yicha loyiha bilan tanishdi. Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 944,87 mln AQSH dollarini tashkil etib, bosh pudratchi sifatida Ispaniya va Yaponiya kompaniyalari ishtirok etayapti. Shuningdek, qurilish ishlari Turkiya kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoq...

  • Ijtimoiy
  • 485
  • 13.06.2024
Batafsil
Qashqadaryoda 600 o‘rinli viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quriladi
12
06

Qashqadaryoda 600 o‘rinli viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi quriladi

Muhtaram Prezidentimizning saʼyi-harakatlari bilan yurtimizda tibbiyot sohasi yanada rivojlanib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati oshib bormoqda. Ayni kunlarda Qarshi shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida 7 gektarlik maydonda qurilishi rejalashtirilgan 600 o‘rinli zamonaviy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bugun masʼullar viloyat hokimi Murotjon Azimovga ushbu loyihani boshlang‘ich holatini taqdimot qilishdi. Shuningdek, Murotjon Azimov Qarshi tumanidagi o‘rganishlari davomida tuman tibbiyot birlashmasida ...

  • Tibbiyot
  • 494
  • 12.06.2024
Batafsil
Islohotlar raqamlarda
11
06

Islohotlar raqamlarda

Qashqadaryo viloyatiga 2024-yilda respublika budjetidan 52 milliard so‘m ajratish hamda xalqaro moliya tashkilotlaridan 31 million AQSh dollarini jalb qilish hisobiga jami 321 kilometr ichimlik suv tarmoqlari va 18 ta suv inshootini qurish orqali ichimlik suv ta’minoti qamrovi 73,6 foizga yetkaziladi.

  • Ijtimoiy
  • 511
  • 11.06.2024
Batafsil
Murotjon Azimov barcha qashqadaryolik yoshlarni online uchrashuvga taklif qiladi
10
06

Murotjon Azimov barcha qashqadaryolik yoshlarni online uchrashuvga taklif qiladi

Uchrashuv maqsadi: Xorijda istiqomat qilayotgan qashqadaryolik yoshlar bilan viloyat rivoji haqida gaplashish, xorijiy tajribalarga asoslangan takliflarni eshitishdir. Uchrashuv sanasi: 15-iyun, shanba. Soat 15:00da O’zbekiston vaqti bilan. (Koreya vaqti bilan 19:00da) Uchrashuv formati: online Uchrashuvda kimlar qatnashishi mumkin: xorijda istiqomat qilayotgan qashqadaryolik yoshlar, Qashqadaryo viloyatiga investitsiya kiritish istagida bo'lgan vatandoshlar. Ariza topshirish: https://forms.gle/4uTgLPfbpE2iehH79 Arizasi qabul qilingan vatandoshimizga aloqaga chiqiladi va maxsus tele...

  • Ijtimoiy
  • 483
  • 10.06.2024
Batafsil
Murotjon Azimovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi
8
06

Murotjon Azimovning navbatdagi tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

So‘nggi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan aholi bandligini taʼminlash va ularning daromad manbalarini oshirish maqsadida bu omillarning asosiy poydevori hisoblangan tadbirkorlik sohasini keng faoliyatga qo‘yish maqsadida, tadbirkorlarga ko‘plab yengillik va imtiyozlar berilgan holda joylarda ularning muammolari tizimli ravishda o‘rganilib, o‘z yechimini topib bormoqda. Jumladan, viloyat hokimi Murotjon Azimov ham prezidentimizning bu boradagi islohotlariga labbay deya javob bergan holda har haftaning shanba kunlarini "Tadbirkorlar qabuli kuni" deb eʼlon qilga...

  • Ijtimoiy
  • 523
  • 08.06.2024
Batafsil
Murotjon Azimov Qashqadaryoda elektr stansiyasi qurayotgan Turkiya kompaniyasi rahbarini qabul qildi
7
06

Murotjon Azimov Qashqadaryoda elektr stansiyasi qurayotgan Turkiya kompaniyasi rahbarini qabul qildi

Turkiyaning "AKSA Enerji Talimarjan" kompaniyasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Nishon tumanida quvvati 400MVt gaz porshenli elektr stansiyasini qurishni boshlagan. Unga ko‘ra, mazkur loyiha uchun turk kompaniyasi 300 million dollar sarmoya kiritadi va 25 yil loyihani amalga oshirishning butun davri davomida elektr stansiyasini loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ishlatish bilan shug‘ullanadi. Loyihaning birinchi bosqichini ishga tushirish joriy yil oktyabr oyiga rejalashtirilgan bo‘lsa, 2025-yil fevral oyida to‘liq quvvatda ishlay boshlaydi va 1200 ta...

  • Ijtimoiy
  • 466
  • 07.06.2024
Batafsil
Qashqadaryolik shaxmatchidan navbatdagi g’alaba!
6
06

Qashqadaryolik shaxmatchidan navbatdagi g’alaba!

Shaxmatchimiz Abdimalik Abdisalimov Toshkent shahrida oʻtkazilgan “Sohibqiron kubogi 2024” xalqaro turnirida 9 imkoniyatdan 7,5 ball toʻplab mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi va reytingiga 21.3 punkt qoʻshib qo’ydi. Ma’lumot o‘rnida, Abdimalik “Mard o‘g‘lon” mukofoti sovrindori, shuningdek, Xalqaro grossmeyster unvonini olgan Qashqadaryolik ilk shaxmatchi hisoblanadi.

  • Sport
  • 432
  • 06.06.2024
Batafsil
Kitob tumanida ilk logoped markazi ochildi
5
06

Kitob tumanida ilk logoped markazi ochildi

Kitob tumanidagi “Al-Hayat” xususiy klinikasi qoshida bolalarning nutqdagi kamchiliklari (duduqlik, til rivojlanmaganligi, oʻqish va yozuvdagi nuqson) sabablari, ularning oldini olish, tuzatish yoʻllarini hamda nutq faoliyati buzilishi mexanizmlari, alomatlarini maxsus taʼlim va tarbiya vositasi yordamida davolaydigan Logoped markazi ochildi. Ma’lumot o‘rnida, mazkur markazda logoped, psixolog, surdopedagog, nevrapotolog, bolalarni ruxiy va jismoniy rivojlantirish, nuqtali va neyro massaj yo‘nalishi bo‘yicha 10 ga yaqin malakali mutaxassislar jalb etilgan....

  • Tibbiyot
  • 483
  • 05.06.2024
Batafsil
Qashqadaryoda g'alla o'rimi boshlandi
5
06

Qashqadaryoda g'alla o'rimi boshlandi

Shu bois, bugun erta tongdan viloyat hokimi, sektor va tashkilotlar rahbarlari hamda nuroniylar Qarshi shahridagi “Xo‘jai Jarroh" qadamjosini ziyorat qilishdi. Shundan so‘ng jonliq so‘yilib, Qurʼon tilovat qilindi. Yig‘ilganlar g‘alla xirmoni barakali va doimgidanda serhosilligini, shuningdek, yurtimizda doim tinchlik va xotirjamlik bo‘lishini so‘rab duoga qo‘l ochishdi. So‘yilgan jonliq go‘shtlari kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga tarqatildi. Maʼlumot uchun, joriy yil viloyatimizda 2024-yil hosili...

  • Ijtimoiy
  • 434
  • 05.06.2024
Batafsil